USD …Toshkent …
CALIFORNIA UZBEKGreen Card: ochilganda xabar olishGreen Card 🔔🔍
O‘ZENRU
Mustaqil tahlil · Markaziy Osiyo va dunyo geosiyosati
✈ Telegramda kuzating @california_uzbek →
Iqtisod OʻzbekistonGazEnergetikaImportIqtisod

Oʻzbekiston gaz eksporti 35% ga tushdi, import 15% oshdi

Statistika qoʻmitasiga koʻra, 2026-yil yanvar–avgustda gaz eksporti 322,3 mln dollarga tushdi, import esa 1,22 mlrd dollarga chiqdi. Mamlakat 2023-yildan buyon sof gaz importchisi.

6-oktabr, 2026 · 1 daqiqa o‘qish · California Uzbek

Oʻzbekistonning tabiiy va qayta ishlangan gaz eksporti 2026-yil yanvar–avgustda keskin kamaydi, import esa oshdi. Buni Oʻzbekiston Respublikasi Statistika qoʻmitasi maʼlumotlari koʻrsatdi.

Eksport tushdi, import oshdi

Yanvar–avgust oylarida gaz eksporti bir yil avvalgi davrga nisbatan 34,8% kamayib 322,3 mln dollarga tushdi. Shu bilan birga gaz importi 15,2% oʻsib 1,22 mlrd dollarga yetdi — ya'ni Oʻzbekiston qiymat jihatidan eksport qilganidan qariyb toʻrt baravar koʻp gaz sotib oldi. Suyultirilgan gaz (propan-butan) importi 124,3 mln dollarni tashkil etdi va taxminan 3,5 barobar oshdi.

Ishlab chiqarish pasaymoqda

Asosiy sabab — koʻk yoqilgʻi ishlab chiqarishning qisqarishi. Tabiiy gaz qazib olish 24,2 mlrd kub metrga tushdi — bir yil avval bu koʻrsatkich 28,9 mlrd kub metr edi (−16,3%). Gaz kondensati ishlab chiqarish 648,3 ming tonnani (−14,8%), neft 425 ming tonnani (−2,2%) tashkil etdi. Eskirgan konlardagi hosildorlik pasayishi va ichki talabning oshishi mamlakatni koʻproq import qilishga majbur qilmoqda.

Reklama
Bysmillah — ribosiz, halol avtomobil moliyalash

2023-yildan buyon importchi

Oʻzbekiston bir vaqtlar yirik gaz eksportchisi boʻlgan, biroq 2023-yildan buyon sof importchiga aylandi. Gaz asosan Rossiya (Gazprom bilan 2 yillik shartnoma boʻyicha, yetkazib berish 2023-yil oktabrda boshlangan) va Turkmanistondan keladi. Shu bilan birga mamlakat Markaziy Osiyo–Xitoy quvuri orqali bir qism gazni hamon Xitojga eksport qiladi.

Reklama
CarGetGo — mashina oling, foizsiz halol moliyalash bilan