Oʻzbekiston tanlangan AI loyihalariga oyiga 10 mln tokengacha bepul hisoblash quvvati beradi
Vazirlar Mahkamasining 20-oktabrdagi qaroriga koʻra, startap, universitet va ilmiy tashkilotlar davlat AI infratuzilmasidan 6 oygacha bepul yoki chegirmali foydalanishi mumkin.

Oʻzbekiston suʼniy intellekt sohasidagi tanlangan loyihalarga davlat hisoblash quvvatidan bepul yoki chegirmali foydalanish imkoniyatini joriy etdi. Tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-oktabrdagi №581-qarori bilan tasdiqlangan.
Qanday shartlar?
Katta til modellari (LLM) bilan ishlovchi loyihalar har oyda 10 million tokengacha tekin foydalanishi mumkin; imtiyoz 6 oygacha amal qiladi. Belgilangan limitdan ortiq quvvat kerak boʻlsa, qoʻshimcha 50 million tokengacha tariflar asosida 50% chegirma qoʻllaniladi. Quvvat Raqamli texnologiyalar vazirligining suʼniy intellekt infratuzilmasi orqali beriladi.
Kimlar foydalana oladi?
Imtiyoz oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, startaplar hamda hokimlarning raqamli texnologiyalar va suʼniy intellekt rivojlanishi boʻyicha maslahatchilari loyihalari uchun moʻljallangan.
Kengroq dastur
Chora mamlakatning kengroq AI dasturi doirasida amalga oshirilmoqda: rejaga koʻra, 2026-yil oxirigacha davlat boshqaruvi, ijtimoiy soha va iqtisodiyotda 100 dan ortiq suʼniy intellekt tashabbusi ishga tushiriladi, universitetlarda esa 15 ta AI laboratoriyasi tashkil etiladi.

